«ruslanbek davletov» tegli maqolalar


Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
15 noyabr 2022, 12:29

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Adliya vaziri: Haydovchilik guvohnomasini almashtirishni elektron shaklga o‘tkazmoqchimiz
21 iyul 2022, 11:05

Adliya vaziri: Haydovchilik guvohnomasini almashtirishni elektron shaklga o‘tkazmoqchimiz

Adliya vaziri haydovchilik guvohnomasini almashtirishni elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur xizmatni ko‘rsatish uchun guvohnomadagi haydovchi imzosini olib tashlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

«Murojaatsiz pensiya tayinlash tizimini kiritmoqchimiz» — Ruslanbek Davletov
21 iyul 2022, 09:34

«Murojaatsiz pensiya tayinlash tizimini kiritmoqchimiz» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bir yil ichida yoshga doir pensiyani murojaatsiz tayinlash tizimi yaratilishi kutilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda sudlarda pensiyaga doir juda ko‘plab nizolar mavjud. «Har qanday noaniqliklar pensiya oluvchining foydasiga talqin qilinishi kerak», — dedi u.

«Endi hech kim osonlikcha birovning uyini „snos“ qila olmaydi» — Ruslanbek Davletov
30 iyun 2022, 12:31

«Endi hech kim osonlikcha birovning uyini „snos“ qila olmaydi» — Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezident imzolagan yer uchastkalarini olib qo‘yish tartib-tamoyillari to‘g‘risidagi qonun «xalqni bir necha yildan buyon qiynab kelgan muammolarga barham berishini» ta’kidladi. Hujjat kompensatsiya turlarini belgilab beradi va 3 mlnga yaqin uyni buzilishidan sug‘urtalaydi.

«Fuqarolar va biznes vakillari dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda» — Ruslanbek Davletov
22 iyun 2022, 11:15

«Fuqarolar va biznes vakillari dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda» — Ruslanbek Davletov

Bir yilda qabul qilingan hujjatlarning 30 foiziga, jumladan tadbirkorlik bilan bog‘liq hujjatlarning 80 foiziga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu qonunchilikning barqarorligiga salbiy ta’sir qilmoqda, «fuqarolar va biznes vakillari dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda», dedi adliya vaziri.

«Fuqarolar vaqtlarini davlat bilan o‘zaro aloqaga kirishishga sarflamasligi kerak» — Ruslanbek Davletov
3 iyun 2022, 11:31

«Fuqarolar vaqtlarini davlat bilan o‘zaro aloqaga kirishishga sarflamasligi kerak» — Ruslanbek Davletov

Davlat organlarining 18 turdagi ma’lumotnomalarni so‘rashi bekor qilinishi har yili qariyb 15 mln dollarni tejaydi va 12 mlndan ortiq fuqaroni byurokratiyadan xalos qiladi, dedi adliya vaziri Ruslanbek Davletov Gaagadagi forumda. U O‘zbekistondagi islohotlarning «muvaffaqiyat uchburchagi» haqida gapirdi.

«Oson bo‘lmaydi». Adliya vaziri — davlat organlari apparatini optimallashtirish to‘g‘risida
8 may 2022, 12:58

«Oson bo‘lmaydi». Adliya vaziri — davlat organlari apparatini optimallashtirish to‘g‘risida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Adliya vazirligi tuzilmasini optimallashtirish va boshqaruv apparatini qisqartirish budjetga kamida 100 mlrd so‘mni tejash imkonini berganini ta’kidladi. Boshqa vazirliklarda ham shunday o‘zgarishlar kutilmoqda, biroq bu oson bo‘lmaydi, chunki davlat idoralari ularning funksiya va vakolatlarini qisqartirishdan manfaatdor emas, dedi u. Adliya vazirligi rahbari O‘zbekiston xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini yaxshilash borasida qanday ishlar olib borilayotganiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Milliy g‘oya sifatida aholini qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirishimiz kerak” — adliya vaziri
29 aprel 2022, 11:01

“Milliy g‘oya sifatida aholini qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirishimiz kerak” — adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov aholini milliy g‘oya sifatida qonun ustuvorligi g‘oyasi atrofida birlashtirish, buni eng avvalo, davlat organlari faoliyatida ta’minlash zarur, deb hisoblaydi. Shuningdek, davlat xizmatchilarining huquqiy tafakkurini isloh qilish, samosud va firibgarlik holatlari ko‘paygani haqida gapirdi. Adliya vazirligi jinoyatlardan yetkazilgan zararni to‘liq qoplamagan mahkumlarni shartli ravishda ozod etishni bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Diniy masalada munosabat bildirganda xolis bo‘lishni so‘raymiz — Din ishlari qo‘mitasi
16 fevral 2022, 15:39

Diniy masalada munosabat bildirganda xolis bo‘lishni so‘raymiz — Din ishlari qo‘mitasi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ayrim diniy soha vakillari O‘zbekistonning din sohasidagi davlat siyosatini noto‘g‘ri tushunishi va baholashini, yangiliklarni o‘z manfaatlariga moslab talqin qilishini ta’kidladi. Oldinroq Toshkent shahar imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov adliya vaziri Ruslanbek Davletovning «do‘zaxga kirish-kirmaslik tanlovini odamlarning o‘ziga qo‘yib beringlar» degan so‘zlariga qarshi chiqqan edi.

DXA tugatilib, Adliya vazirligi tarkibidagi boshqarma sifatida qayta tashkil etilishi mumkin
14 fevral 2022, 16:24

DXA tugatilib, Adliya vazirligi tarkibidagi boshqarma sifatida qayta tashkil etilishi mumkin

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tugatilib, vazirlik tarkibida alohida boshqarma sifatida qayta tashkil etilishi mumkin. Ruslanbek Davletov vazirlik tegishli takliflarni ishlab chiqayotganini aytdi. «Bu prezidentimizning g‘oyasi… Bu sohani o‘zgartirishni prezident hal qiladi», — dedi vazir. DXMlar orqali hozirgi kunda 170 turdagi davlat xizmati ko‘rsatilmoqda, shundan 120 tasi pullik. 4 yildan ko‘proq vaqt ichida agentlik xizmatlari bo‘yicha jami 40 mlnga yaqin murojaat kelib tushgan.

«Qarorlarda yozilgan hamma narsani berib bo‘lmasdi». Ruslanbek Davletov — maxsus komissiyasi qarorlari nimaga e’lon qilinmasligi haqida
8 fevral 2022, 12:43

«Qarorlarda yozilgan hamma narsani berib bo‘lmasdi». Ruslanbek Davletov — maxsus komissiyasi qarorlari nimaga e’lon qilinmasligi haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Respublika maxsus komissiyasining faoliyati qonun bilan tartibga solinganini aytdi. Qolaversa, uning qarorlari nima sababdan e’lon qilinmasligiga izoh berdi. «Komissiya qarorlarida yozilgan hamma narsani berib bo‘lmasdi. Eng asosiysi komissiyadagi qoidalar vaqtida yetkazib turildi», — dedi u. Bloger Otabek Bakirov esa «maxsus komissiya tugatilishi va qonunchilikka qaytilishi» kerakligini aytmoqda.

«Yunusoboddagi daraxtlar kesilmaydi, tamom» — Adliya vaziri
8 fevral 2022, 11:02

«Yunusoboddagi daraxtlar kesilmaydi, tamom» — Adliya vaziri

Adliya vaziri uch marta suiqasd uyushtirilgan Yunusoboddagi daraxtlar muammosi yuzasidan fikr bildirib, moratoriyga barcha amal qilishi shartligini aytdi. «Yunusoboddagi daraxtlar kesilmaydi, tamom… Siz uni qaysi maqsadda olgan bo‘lsangiz ham tegina olmaysiz. Tegsangiz siz jinoyat qilgan bo‘lasiz», — dedi Ruslanbek Davletov. Bunga Davlat ekologiya qo‘mitasi mas’ulligi, qolaversa, prokuratura organlari ham nazorat o‘rnatishi lozimligi qo‘shimcha qilindi.

«Qaysi hududda tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘z funksiyasini tugatadi». Adliya vaziri Yagona imtihon markazi haqida
7 fevral 2022, 19:05

«Qaysi hududda tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘z funksiyasini tugatadi». Adliya vaziri Yagona imtihon markazi haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Toshkentdagi haydovchilik guvohnomasini beruvchi Yagona imtihon markazi «Avtotest» singari monopoliya emasligini, qolaversa, litsenziyani qurilish bitganidan keyin olish ham mumkinligini aytdi. «Agarda qaysi hududda shu talablarga mos ravishda xususiy sektordan tadbirkor kirib kelsa, davlat o‘zining shu funksiyasini tugatadi», — dedi u.

«Men endi borib do‘pposlamayman-ku». Ruslanbek Davletov — Toshkent viloyati hokimligi haqida
7 fevral 2022, 16:35

«Men endi borib do‘pposlamayman-ku». Ruslanbek Davletov — Toshkent viloyati hokimligi haqida

Adliya vaziri prezident farmoni bilan hokimlarning yer ajratishiga taqiq qo‘yilgan davrda Toshkent viloyatida 781 gektar yer tadbirkorga vaqtincha biriktirib berilganini ma’lum qilgandi. Viloyat hokimligi esa bunga munosabat bildirib, yer ajratish qonuniy bo‘lganini aytdi. Jurnalistning hokimlik vazirni noto‘g‘ri gapirganlikda ayblagani haqidagi savoliga javob berar ekan, Ruslanbek Davletov shunday dedi: «Men endi borib do‘pposlamayman-ku. Gapiraversin, shuning uchun ham sudda gaplashamiz».

«O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, qonun bor» — Adliya vaziri
7 fevral 2022, 14:22

«O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, qonun bor» — Adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov diniy tashkilotlarning ayrim vakillari kimlargadir hukm o‘qishi huquqiy nuqtai nazardan noto‘g‘riligini qayd etib, bu jamiyatda bo‘linishga olib kelayotganligini, diniy tashkilotlar bunday ixtilof qilishga haqqi yo‘qligini ta’kidladi. U Adliya vazirligi ushbu sohadagi faoliyatni nazorat qilishini eslatdi. «O‘zining diniy o‘lchovlari, uyidagi qarashlari bilan jamiyatga o‘lchov qo‘yishga yo‘l qo‘ymaymiz, chunki qonun bor», — dedi Davletov.

Axborotni bloklash texnik jihatdan juda qiyin masala. Bu samara bermaydi — adliya vaziri TikTok haqida
7 fevral 2022, 13:16

Axborotni bloklash texnik jihatdan juda qiyin masala. Bu samara bermaydi — adliya vaziri TikTok haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov TikTok`ni bloklash haqidagi takliflarga munosabat bildirib, axborotning erkin tarqalishi tarafdori ekanini, TikTok`ni bloklash texnik jihatdan juda qiyin masala ekanini aytdi. «TikTok`dan boshqa joyda yomon kontent yo‘qmi, internetga kirsangiz, boshqa bo‘lmag‘ur saytlar yo‘qmi?», — degan vazir.

«Davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak». Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida
21 dekabr 2021, 10:21

«Davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak». Ruslanbek Davletov totalizatorlar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlar forumi doirasida totalizatorlar haqidagi savolga javob berar ekan, uning tarbiyaga juda qattiq ta’sir qilayotganini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, «aholi har xil yo‘llarga kirib qolishining oldini olish davlatning majburiyati». «Bu industriya bizga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun davlat boshqaruvi juda qattiq bo‘lishi kerak», — dedi u.

Jahongir Ortiqxo‘jayev va Ruslanbek Davletov — ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi haqida
20 dekabr 2021, 18:24

Jahongir Ortiqxo‘jayev va Ruslanbek Davletov — ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi haqida

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning fikricha, O‘zbekistonda TikTok faoliyatini tarmoqda «keraksiz kontentni» ko‘rganlarning o‘zi cheklagan. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov esa axborot almashinuvi erkinligi tarafdori ekanligini ma’lum qildi. «Hozirgi asrda axborotni hech qachon cheklab, siz uni ustiga o‘tirib, jilovlay olmaysiz» — dedi u.

5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan — Ruslanbek Davletov
17 dekabr 2021, 11:14

5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan — Ruslanbek Davletov

Poytaxtda o‘tgan konferensiyada adliya vaziri Ruslanbek Davletov so‘nggi 5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor shaxs korrupsiyaviy jinoyatni sodir etganini ma’lum qildi. Shundan eng ko‘pi tuman miqyosidagi amaldorlar hisoblanadi. Vazir shuningdek, bir idorada ham tekshiruvchi, ham tekshiriluvchi bo‘lsa, o‘zaro manfaatlar to‘qnashuvi ortidan qonun buzilishini aytib o‘tdi.

«Hech kimni majburlashga haqqi yo‘q». Adliya vaziri — hokim yordamchisi lavozimiga majburiy tayinlovlar haqida
17 noyabr 2021, 14:34

«Hech kimni majburlashga haqqi yo‘q». Adliya vaziri — hokim yordamchisi lavozimiga majburiy tayinlovlar haqida

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov respublikadagi barcha mahallada hokim yordamchisi lavozimiga moliya-iqtisodiyot sektori xodimlari majburan o‘tkazilayotganiga izoh berar ekan, «bu noqonuniy», deya ta’kidladi. «Hech kimni majbur qilishga haqqi yo‘q… Tazyiqlar bo‘ladigan bo‘lsa murojaat qilishi mumkin», — dedi u. Vazir shuningdek, kasbni erkin tanlash konstitutsiyaviy huquq ekanligini eslatib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting